Bugun toʻrt nafar bokschimiz ringga chiqadi

    Sport 4 May 2023 2482

    Bugun boks boʻyicha jahon chempionatining toʻrtinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasining toʻrt nafar aʼzosi ringga koʻtariladi.

    Ular orasida Olimpiada chempionlari Hasanboy Doʻsmatov, Bahodir Jalolov kabi nomlarning borligi bugungi bellashuvlarga boʻlgan qiziqishni yanada oshiradi.

    Juftliklar bilan tanishing:

    -63.5 kg: Ruslan Abdullayev - Oer Ibarreche (Ispaniya) (14:55 dan soʻng, B ring)

    -48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev - Rabin Tapa (Nepal) (18:00, A ring)

    -51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Alberto Ximenes (Meksika) (18:55 dan soʻng, A ring)

    +92 kg: Bahodir Jalolov - Danis Latipov (Bahrayn) (20:10 dan soʻng, A ring).