Bugun Toshkent shahrining ayrim tumanlarida gaz o‘chadi

    Bugun, 28-mart kuni Toshkent shahrining beshta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" matbuot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, Yunusobod, Yashnobod, Sergeli, Chilonzor tumanlari gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan bir qancha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Shu sababli joriy yilning 28-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar poytaxtning ayrim tumanida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.