Bugun, 21-avgust kuni taʼmirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlari vaqtincha elektr energiya taʼminotidan uziladi, deyiladi xabarda.

Quyidagi hududlarda elektr energiya taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

Soat 9:00 dan 15:00 gacha:

– “Boshliq” MFYda qisman;

Soat 10:00 dan 15:00 gacha:

– “Oltintepa”  MFYda qisman.

Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham maʼlum qilingan.