Bugun uch nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi

    Bugun, 5-oktyabr kuni Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha bellashuvlar oʻz nihoyasiga yetadi.

    Unda uch nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga koʻtariladi. Xususan:

    -51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Titisan Panmot (Tailand) (16:45 dan soʻng)

    -57 kg: Abdumalik Xalokov - Shudai Xarada (Yaponiya) (17:15 dan soʻng)

    +92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkaboyev (Qozogʻiston) (18:15 dan soʻng)