Ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi — Shohjahon Abdullayev, Komronbek Turgʻunboyev va Muhammad Shexov ham ringga koʻtariladi.
Ogʻir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullayevga Venesuela vakili Ivan Matyut raqiblik qilsa, 21 yashar Turgʻunboyev moldovalik Ivan Petrovga qarshi ringga koʻtariladi. Muhammad Shexov esa Venesuela vakili Orlando Moralesga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi toʻqnashuv Shohjahon Abdullayev uchun prof boksdagi toʻrtinchi jang boʻladi. U bundan avvalgi janglarining barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Abdullayevning boʻlajak raqibi — 31 yashar Matyut hisobida esa 31 gʻalaba, 20 ta magʻlubiyat va 2 durang bor.
Yarimoʻrta vaznli Komronbek esa 2023-yilda prof boksda debyut qilib, Bogdan Utegenovni magʻlub etgandi. Petrov (7-16-2)ga qarshi jang hamyurtimiz uchun professional faoliyatidagi ikkinchisi boʻladi.
32 yashar Muhammad Shexov faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang oʻtkazib, 15 ta gʻalaba va 1 ta durang qayd etgan. U oxirgi jangini oʻtgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongan va vakant boʻlib turgan IBF Intercontinental kamarini qoʻlga kiritgandi. Hamyurtimiz hozirda WBO reytingida 5-oʻrinni egallab turibdi.
Uning boʻlajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 ta gʻalaba va 2 ta magʻlubiyat bor.