Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Prognozlarga koʻra kunduzgi havo harorati 34-38o atrofida, janubda baʼzi joylarda esa 41-44o gacha boʻlishi mumkin.
hafta oʻrtasidan oxirigacha harorat foni 2-3o ga koʻtariladi. Hududning katta qismida kunduz kunlari havo 39-41o gacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-31-iyulda choʻl hududlarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.
Harorat asosan kechalari 22-25o, kunduz kunlari 29-30-iyulda 36-38o, 31-iyul va 1-2-avgustda 38-41o boʻladi.