Filmning bosh qahramonlari – korrupsiya haqida maqola tayyorlayotgan jurnalist va davlat xizmatida faoliyat koʼrsatib, korrupsion jinoyat sodir etgan mahkum obrazlarining hikoyasi orqali tomoshabin bu ogʼriqli mavzuni chuqurroq tahlil etadi. Ekspertlar intervyulari esa tasvirni yanada kengroq ochib beradi.
Filmning sahnalashtiruvchi rejissyori Shohrux Rasulov, ssenariy muallifi va ijrochi prodyuser Furqat Usmonov.
Korrupsiya mavzusida yangi — "Vijdon saratoni" filmi shu kunlarda yurtimiz telekanallarida ham namoyish etiladi.









