Bugun yomgʻir sabab Toshkentda havo musaffolashdi

    Oʻzgidromet 2025-yil 9-dekabr kuni soat 09:00 da atmosfera havosini monitoring qilish boʻyicha avtomatik stansiya maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Unga koʻra Toshkent shahri havosidagi asosiy ifloslantiruvchi zarrachalar miqdori belgilangan meʼyorlar doirasida boʻldi.

    • PM10 turidagi mayda dispers zarrachalar miqdori 47 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich roʻxsat etilgan maksimal meʼyor — 300 mkg/m³ dan oshmagan.
    • PM2.5 turidagi mayda zarrachalar miqdori 29 mkg/m³ boʻlib, belgilangan 60 mkg/m³ meʼyoridan past ekanligi qayd etildi.

    Maʼlumot uchun, ifloslantiruvchi moddalar miqdori Sanitar qoidalar va meʼyorlar — SanQvaN 0053-23 talablari bilan taqqoslab baholanadi.