Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati maʼlum qildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul” boʻlimi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga roʻyxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻladigan boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.