Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Laylo Rustamova tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, ota-onalarga qulaylik yaratish va qabul jarayonlarini tartibli tashkil etish maqsadida 1-sinfga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, 1-bosqich 20-iyundan 31-iyulga qadar maktablarga mahalliy hokimlik qarorlari bilan biriktirilgan mikrohudud doirasida amalga oshiriladi.
2-bosqich 1-15-avgust kunlari mikrohududdan tashqari qoʻshimcha qabul jarayonlari amalga oshiriladi. Bunda, umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi oʻrni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlangani, sinf xonalarining yetarli ekanligi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 12:00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin. Qolgan tumanlarda anʼanaviy shaklda, yaʼni bevosita maktab tomonidan qabul qilinadi.
“Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻlganida maktabga qabul qilinadi. Joriy yil 2016-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha tugʻilgan bolalar birinchi sinf oʻquvchisi boʻladi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, 2023-2024 oʻquv yilida respublikamiz boʻyicha 730 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.