Oʻzgidrometning maʼlum qilishicha, shu yilning 12-15-avgust kunlari respublika hududining katta qismida kunduz kunlari havo 37-40 darajagacha, janubda 42-43 darajagacha isiydi.

15-avgust kuni salqin havoning yana bir qismi Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga kirib keladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 28-33 darajagacha pasayadi.

16-avgust - juma kuni nasbatan salqin havo sharqqa tomon harakatlana boshlaydi va havo haroratining pasayishi Oʻzbekistonning barcha hududini qamrab oladi. Havo harorati kunduzi 33-36 daraja, shimoli-gʻarbiy hududlarda 28-33 daraja atrofida, respublika janubida 40 darajagacha boʻladi.

Ushbu kunlarda Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 13 va 15-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda, shuningdek, 15-16-avgust kunlari Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim togʻli hududlarida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 16-avgustda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 22-25 daraja, kunduz kunlari 12-15-avgustda 37-39 daraja, 16-avgustda 34-36 daraja boʻladi.