Bugundan OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi

    Ta'lim 14 Iyul 2024 510

    14 iyul kuni 8:00 da davlat imtihonlariga start berildi.

    Bu yil 805 ming 688 nafar abiturient testlarda ishtirok etadi.

    2024/2025 o'quv yilida professional va oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun test imtihonlari boshlandi. Imtihonlar respublikaning 73 ta yopiq turdagi binolarida o'tkaziladi. Binolar bilan to'liq bu erda tanishish mumkin.

    Abiturientlarga 3 ta majburiy fan uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa, 2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa, jami 180 daqiqa (3 soat) vaqt beriladi.

    Test 14-25 iyul` kunlari 2 smenada bo'lib o'tadi.

    1-smena: 8:00 da;

    2-smena:15:00 da boshlanadi.

    Abiturientlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududda kelish talab etiladi.

    Ular testga pasport (ID) va abiturient ruxsatnomasini olib kelishlari talab qilinadi.