Joriy yilning 16-yanvar kuni Abu-Dabi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumati oʻrtasida kirish viza talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisidagi hamkorlik bayonnomasi imzolangan edi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Oʻzbekiston elchisi Abdulaziz Akqulov va BAA tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Abdulla Belxul tomonidan imzolangan hujjatga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida boʻlishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston fuqarolari dunyoning 29 ta davlatiga vizasiz borishlari mumkin, shu tariqa mamlakatimiz “Passport Index” jahon reytingida 69-oʻrinni egallab turibdi.
Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2023-yilda BAAga 131 589 nafar yurtdoshlarimiz borgan.