Bugundan Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegara punktlari ochildi

    Xalqaro hamkorlik 11 Aprel 2022 2588

    Epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotganidan kelib chiqib, Qozogʻiston 11-apreldan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiya bilan quruqlikdagi oʻtkazish punktlarida davlat chegarasini kesib oʻtishiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qildi.

    Shuningdek, Qozogʻiston davlat chegarasini havo orqali kesib oʻtish boʻyicha ham barcha cheklovlar olib tashlandi.

    Bunda Qozogʻiston fuqarolari va mamlakat hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan xorijliklar hamda oʻzaro emlash pasporti mavjud boʻlgan chet el fuqarolari uchun PZR usulidan foydalangan holda Covid-19 testining manfiy natijasi, sertifikat yoki emlashning toʻliq kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjatni (pasportni) majburiy taqdim etish, Covid-19 ga qarshi qayta emlash talabi saqlanib qoladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.