Bugundan "Toshkent-Qarshi" poezdi Shahrisabzgacha qatnovini boshlaydi

    Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent-Qarshi” yo'nalishida harakatlanib kelayotgan 4/3-sonli “Nasaf” tezyurar elektropoezdi bugundan boshlab “Shahrisabz” temir yo'l vokzaligacha qatnovini amalga oshirishni boshlaydi. Bu sayyohlarga Qamashi tumanidagi “Langar-Ota” ziyoratgohiga borish uchun qulaylik yaratadi. Chunki bu poezd Qamashi stansiyasida ham to'xtab o'tadi.

    4-sonli poezd bugun Toshkent Markaziy temir yo'l vokzalidan o'zining amaldagi jadvaliga asosan, “Qarshi”temir yo'l vokzalidan esa soat 14:27 dan boshlab “Shahrisabz” yo'nalishiga, shuningdek, bugun soat 17:04 dan boshlab esa 3-sonli “Nasaf” elektropoezdi “Shahrisabz-Toshkent” yo'nalishida qatnovini amalga oshirishni boshlaydi.

    Shu sababli 6318-sonli “Qarshi-Shahrisabz” shaharlararo elektropoezdining harakat jadvaliga ham biroz o'zgartirish kiritiladi. Unga ko'ra ushbu poezd bugundan Qarshi temir yo'l vokzalidan soat 17:29 da qatnovini amalga oshiradi.