Bugundan Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanadi

    Urbanizatsiya 8 Noyabr 2023 988

    Toshkentda, bugun 8-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi. Kecha, 7-noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning poytaxtda isitish mavzumini boshlash haqidagi qarori imzolandi.

    Qarorga koʻra, issiqlik taʼminoti, ijtimoiy soha obyektlari rahbarlari tomonidan Toshkent shahrida isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun tuman hokimliklari nazorati ostida 2023-yil 7-noyabrdan ijtimoiy soha obyektlarini sinov tariqasida isitilishi hamda 8-noyabrdan koʻp qavatli turar joy binolarini muntazam isitish boshlanadi.