O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qaroriga ko'ra maishiy ehtiyojlar uchun iste'molchilarga sotiladigan suyultirilgan gazning imtiyozli narxi 1 kg uchun 1120 so'm qilib belgilangan.
Bugungi kunda suyultirilgan gaz ta'minoti tizimining barqaror ishlashini ta'minlash hamda iste'molchilarning roziligiga erishish yo'lida “Hududgazta'minot” AJ tomonidan barcha zarur choralar ko'rilmoqda, jumladan:
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5 oktyabrdagi ““Raqamli O'zbekiston- 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6079-sonli farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Jamiyatimiz tomonidan iste'molchilarga suyultirilgan gazni etkazib berish va hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan “E-gaz” dasturi joriy etildi.
- Respublika bo'yicha maishiy gaz ballonlar orqali suyultirilgan gaz bilan ta'minlanayotgan 3,7 mln iste'molchilar maxsus ID kartalar ta'minlandi hamda foydalanishdagi 4,7 mln dona maishiy gaz ballonlarga maxsus stikerlar biriktirildi. Barcha iste'molchilar ro'yxati shakllantirilib “E-gaz” avtomatlashtirilgan dasturiga kiritildi. Ushbu dastur orqali iste'molchilarga suyultirilgan gaz etkazib berish hamda elektron to'lovlarini amalga oshirish tizimi yaratilib, elektron to'lovni amalga oshirishda iste'molchi o'ziga berilgan ID-kartasini mablag' bilan to'ldirish uchun respublikada faoliyat yuritayotgan elektron to'lov tizimlari Paynet, Payme, Slick, Uzum ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida yoki bank shoxobchalariga tashrif buyurgan holda amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Natijada, iste'molchilar suyultirilgan gaz uchun to'lovlarni istalgan to'lov tizimlari orqali amalga oshirishlari va suyultirilgan gaz hajmlari etkazib berilgandagina ID-kartalari yordamida to'lov qilish imkoniyati yaratilgan bo'lib, ushbu tizimning joriy etilishi tufayli har bir iste'molchi tomonidan suyultirilgan gazdan to'g'ri va samarali foydalanish to'g'risida to'liq ma'lumotni o'z vaqtida olish, bu esa ta'minotchi va iste'molchi o'rtasida naqd pul`siz hisob-kitoblarni amalga oshirish, shu bilan birga tizimdagi ba'zi nopok xodimlar tomonidan mahsulot narxlarining sun'iy ravishda oshirilishining oldi olindi.
Gaz ballonlarini etkazib berish muddati 35–45 kunni tashkil etadi. Iste'molchilarga qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida, maishiy gaz ballon tashuvchi jami 840 ta maxsus avtotransportlarga etarli darajada “aylanma tara” sifatida maishiy gaz ballonlari bilan ta'minlanib, bunda iste'molchilarning manziligacha birdaniga to'ldirilgan maishiy gaz ballon etkazilishi, shu bilan birga etkazib beriladigan mahsulotni vaznini o'lchab olish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha avtotransport vositalari elektron nazorat tarozisi bilan jihozlangan bo'lib, har bir mahalla fuqarolar yig'inlarida maishiy gaz ballonlarni o'lchab ko'rsatgan holda targ'ibot va tashviqot ishlari olib borish yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari olib borilayotgan ishlarni mahalliy OAVlarda va aholi orasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borish jarayonlarida keng tushuntirishlar berib borilmoqda.
Hurmatli iste'molchilar, suyultirilgan gaz ta'minoti bilan bog'liq muammolar hamda xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelganda iste'molchilar to'g'ridan-to'g'ri tuman gaz ta'minoti bo'limi dispetcherlik xizmati, murojaatlarni ro'yxatga oluvchi 1104 (24/7) raqamli “Call-centre” operatorlari, Jamiyatning (71) 202-11-04 (24/7) raqamli “Ishonch telefoni” yoki Fasebook ijtimoiy tarmog'idagi “Gaz ta'minoti muammolar va ularni hal etish yo'llari” guruhiga murojaat qilishlari, shuningdek huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etishingiz mumkin.
Respublika bo'yicha rejalashtirilgan ishlarni o'z muddatida va sifatli bajarilishini hamda aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat tizimini yaratish bo'yicha “Hududgazta'minot” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan barcha choralar ko'rilmoqda.
Bugungi kunda 3,7 million iste'molchilar maxsus ID kartalar ta'minlangan
Respublika bo'yicha foydalanishdagi 4,7 million dona maishiy gaz ballonlariga maxsus stikerlar biriktirilgani ma'lum qilindi.
Baxtiyor Saidov Afg'oniston va Pokiston TIV rahbarlari bilan telefon orqali gaplashdi
- Poytaxt hokimligi “Dolzarb 90 kunlik” e'lon qildi
- Imkoniyatlar yoshlarni izlayotgan davr: yangicha ish tizimi va natijadorlik sari qat'iy qadam
- Gvardiola: Ular diniy an'anaga amal qilishmoqda
- Tramp Eronga qarshi keng ko'lamli AQSh harbiy operatsiyasi boshlanganini e'lon qildi
- Isroil Eronga zarba berdi
“Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
- Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
- Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan strategik sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
- AQShga amaliy tashrif yakunlandi
- Navoiy viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida