— Koronavirus infeksiyasining tarqalishi uning mutatsion shtammlarini keltirib chiqaradi deb biz bot-bot qaytaramiz. Bu degani yangi shtamm paydo boʻlsa, eski turi yoʻqoladi degani emas.
Birlamchi paydo boʻlgan virus turi ham tarqalishda davom etaveradi.
Virusning mutatsion shtammlarini aniqlash uchun testdan tashqari qoʻshimcha ravishda maxsus skrining usuli oʻtkaziladi, bunda qoʻshimcha usulda koronavirusning qaysi shtammi ekanligini bilish mumkin.
Koʻrib turganingizdek, koronavirusning qaysi turi yoki mutatsion shtammi kuzatilishini ularning kechuvi va klinik belgilariga qarab hamda laborator tekshiruv natijalaridan farqlash mumkin.
Bugungi kunda tarqalayotgan kasallanishlarda koronavirusning mutatsion shakllarini yengilrok kechuvi ham bor, ogʻir va jadal oʻta ogʻir darajaga oʻtuvchi shtammlari ham bor.
Shunga bugungi kunda qanday shtamm boʻlmasin bu kasallik bilan kasallangandan koʻra, oldini olish va vaksina bilan himoyalanish juda zarur.