Maʼlumotga koʻra hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 920 000 soʻm;

bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 soʻm;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 soʻm;

yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 soʻm;

bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 soʻm;

ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 500 000 soʻm;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – 698 000 soʻmdan iborat.