Furqat tumanidagi  “Qolgandaryo” massividagi   “Sherali Hamza” fermer xoʻjaligi  hududidagi dala chetidagi yer maydoni  oʻzlashtirilib, 3 gektar yangi tokzor barpo etildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, nihollar  hosilga kirgach,  mavsumda 80 mln. soʻmdan ortiq qoʻshimcha daromad  olish  imkoniyati bor.   Bu yerda 2 ming tupdan  ortiq  sara uzum  navlari ekildi. Koʻchatlar  baravj rivojlanishi uchun sugʻorish ariqlari ochilib, soʻritoqlar tiklandi.

– Yillar davomida eʼtibordan chetda boʻlgan qarovsiz yerlarni oʻzlashtirish borasida boshlangan tashabbus yangi imkoniyat eshiklarini ochdi, – deydi fermer Sanjar Gʻaniyev. –Xoʻjaligimizda yangi anorzor, uzumzor bogʻlar yaratilmoqda. Bu juda katta imkoniyat. Chunki bugungi mehnat ertangi daromad manbai. Hosil pishib yetilsa, avvalo  xoʻjaligimiz dasturxoniga, qolgan qismini bozorga olib chiqib  sotish mumkin boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida aytganda, Fargʻona viloyatida dala chetidagi  2643 gektar yerlardan  samarali  foydalashish borasida amaliy  ishlar olib borilmoqda.

 Rasuljon Kamolov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.