Bugungi musobaqalarda O'zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi?

    Sport 4 Avgust 2024 353

    Parijda davom etayotgan yozgi Olimpiya o'yinlarining to'qqizinchi kungi musobaqalarida sportchilar 13 ta sport turining 39 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

    XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarining ushbu kunida O'zbekiston sportchilari 4 ta sport turidagi bahslarda vatanimiz sharafini himoya qiladi.

    Olimpiya o'yinlari dasturiga binoan yurtimiz sportchilari quyidagi musobaqalarda qatnashadi:


    14:00. Uzunlikka sakrash. Anvar Anvarov (saralash)


    17:00. Veloshosse. Ol`ga Zabelinskaya (guruh poygasi)


    17:00. Veloshosse. Yanina Kuskova (guruh poygasi)


    19:50. Boks. Hasanboy Do'smatov - David de Pina (Kabo Verde) (51 kg, yarim final)


    20:38. Boks. Lazizbek Mullajonov - Davlat Boltaev (Tojikiston) (92 kg, yarim final)


    22:55. Engil atletika. Safina Sa'dullaeva (balandlikka sakrash, final).