Kuni kecha keng qamrovda qurilish-bunyodkorlik ishlari davom ettirilayotgan “Bukhara City” zamonaviy turar joy va savdo majmuasida 77-lotdagi, koʻp qavatli “IT Park” muhtasham inshooti qurilishining tamal toshi qoʻyildi. Hozirda umumiy maydoni 14 ming 415 metr kvadratga teng hududda park inshooti qurilishi 35 ming metr kvadratda poydevor tiklash ishlari boshlanmoqda.
Bu borada mahalliy sarmoyador subyekt––“Buxoro Agroklaster” MCHJ mutasaddilari bilan kelishuv bitimi oʻtgan yil 2-martida imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 11 million AQSH dollari atrofida baholanmoqda.