Qayd etilishi, Qoʻmita tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy oʻrganish va tahlillar olib borilmoqda.
Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʻrish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari koʻrilmoqda.
Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash boʻyicha AOKAga takliflar kiritilgan boʻlib, shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Qoʻmita tomonidan bu yoʻnalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.