Tadbir davomida fuqaro A.N. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani togʼli hududlaridan noqonuniy ravishda, hech qanday ruxsatnomalarsiz 11 ta bulbulni ovlaganligi aniqlandi.
Huquqbuzardan noqonuniy ov qurollari ashyoviy dalil sifatida olib qoʼyildi. Qushlar esa tabiat bagʼriga qoʼyib yuborildi.
Holat yuzasidan A.N.ga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U hayvonot dunyosiga 3 630 000 soʼm miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi. Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan 3 300 000 soʼm jarima belgilandi.
Huquqbuzar jami 6 930 000 soʼm miqdorida jarima toʼlaydigan boʼldi.