Buloqboshi tuman qurilish boʻlimi mutaxassisi Z.U. fuqaro T.S.ga savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydonining 6 sotixini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali turar joy toifasiga oʻzgartirib berish evaziga 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.