“Oʻzagroinspeksiya”ning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan  2020-yilda 303 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilib, 95 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, yer qonunchiligi ijrosi yuzasidan 13 ta, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan 26 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 8 million 28  ming  soʻmlik jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar boʻyicha  jami 17 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Sohalar boʻyicha aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan 86 ta maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha qarorlar qabul qilinib, 24 million 307 ming soʻm jarima qoʻllanilib, shundan 22 million 100 ming soʻm mablagʻ  undirildi.

Bulungʻur tuman hokimligiga qabul qilingan qarorlar boʻyicha 1 ta holatda yerga yetkaziladigan zarar undirilmaganligi hamda 4 ta holatda fermer hoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ijaraga berilgan  yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallash holatlari boʻyicha taqdimnomalar kiritildi. Faoliyat yurituvchi 166 ta fermer xoʻjaliklari va 16 ta tashkilotlarga 182 ta ogohlantiruv berildi.

“Oʻzagroinspeksiya”ning tuman boʻlimi tomonidan mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda salbiy hodisalar takrorlanmasligi yuzasidan doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari oʻtkazilmoqda.

                                                                                                                                                                           Lutfullo Babaqulov,

“Oʻzagroinspeksiya” Bulungʻur tumani boʻlimi

                                              boshligʻi oʻrinbosari