Bulungʻurda 51 yoshli ayol oʻqishga kirish uchun hujjat topshiradi

    Ta'lim 12 Iyul 2020 810

    Bulungʻur tuman hokimligi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida tuzilgan ishchi guruhga tavsiyanoma olishni soʻrab 151 nafar xotin-qiz murojaat qildi.

    Ularning 23 nafarini 18 yoshgacha, 115 nafarini 18-30 yoshgacha, 12 nafarini 30-40 yoshgacha, 1 nafarini 51-60 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar tashkil etadi.

    Ushbu xotin-qizlar kam taʼminlangan, ota yoki onasi vafot etgan oilada tarbiyalanayotgan, 14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, nogironligi boʻlgan farzandi bor oila aʼzolaridir.

    Ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar oʻrnatilgan tartibda batafsil oʻrganildi, belgilangan mezonlarga mos kelishi tahlil etildi.

    Oʻrganish natijalariga koʻra 148 nafar xotin-qizlarning taqdim etilgan hujjatlari Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq deb topildi.

    Mahbuba Qurbonova.