Bulungʻurda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

    Raqamlashtirish 13 Aprel 2021 1282

    Joriy yil 12-aprelda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi oʻz ish faoliyatini boshladi. Bu Samarqand viloyatida tashkil etilgan oʻn birinchi oʻquv markazdir.

    Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, Bulungʻur tuman hokimligi, keng jamoa vakillari, Vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarning viloyat boʻlinmalari, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etdi.

    Ushbu markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha yoshlarni oʻrgatuvchi oʻquv kurslarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, mazkur markazda tumandagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

    Raqamli texnologiyalar oʻquv markazida tashkil etilgan kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar sertifikat bilan taqdirlanadi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.