Osiyo, Afrika va Evropa qit'asida joylashgan Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya 2030 yilgi jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilmoqchi. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.
Nashrning yozishicha, bir necha hafta ichida uch davlatning turnir mezbonligi uchun qo'shma arizasi rasman e'lon qilinadi. Agar bu uchlikka mezbonlik huquqi berilsa, Saudiya Arabistoni Misr va Gretsiyadagi infratuzilmani tayyorlash xarajatlarining bir qismini o'z zimmasiga oladi. Turnir Qatardagi kabi qishda bo'lib o'tadi.
Qayd etish lozimki, Ispaniya va Portugaliya juftligi, shuningdek, Janubiy Amerikaning Urugvay, Argentina, CHili va Paragvay to'rtligi ham birgalikda JCH-2030 mezbonligi uchun ariza topshirgan.