Bundan keyin tayyor loyihaga oʻzgartirish kiritish faqat hukumat doirasida koʻrib chiqiladi

    Baʼzi loyihalarga tasdiqlanganidan keyin ham hokimliklar tomonidan oʻzgartirishlar kiritilayotgani ularning ishga tushirilishini kechiktirmoqda.

    Xalqaro moliya institutlari bilan ishlashning yangi tizimi tufayli yil boshidan 706 million dollarlik ishlar bajarildi.

    «Issiqlik stansiyalari, hududiy elektr tarmoqlari, avtoyoʻllar, qishloq xoʻjaligi, temir yoʻllarda ishlar ancha oldinga siljidi. Uzoq muddat toʻxtab yotgan jami qiymati 2,9 milliard dollarlik 22 ta loyiha yurib ketdi», — dedi davlatimiz rahbari.

    Shu bilan birga, baʼzi loyihalarga tasdiqlanganidan keyin ham hokimliklar tomonidan oʻzgartirishlar kiritilayotgani ularning ishga tushirilishini kechiktirmoqda.

    Bundan keyin tayyor loyihaga oʻzgartirish kiritish faqat hukumat doirasida koʻrib chiqilishi belgilandi. Qoʻshimcha ishlar loyiha tugagandan keyin iqtisod boʻlgan mablagʻ hisobidan qilinadi.