Bundestag kansler Sholsga ishonchsizlik votumi e'lon qildi

    Bundestag Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Sholsga ishonchsizlik votumini e'lon qildi, dedi mamlakat parlamenti raisi Berbel Bas.

    Muddatidan oldin saylovlar kelasi yilning 23-fevralida o'tkazilishi mumkin.

    So'rov natijalariga ko'ra, 717 deputatdan 394 nafari kantslerga qarshi ovoz berdi, ulardan 207 nafari Sholsni yoqladi, 116 nafari esa betaraf qoldi.

    Oldinroq jarayonni Olaf Sholsning o'zi boshlagani ma'lum bo'lgandi. U o'tgan hafta parlamentga yozma so'rov yubordi. Birinchi yig'ilishda kantslerning raqibi, Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Merts uni Germaniyadagi iqtisodiy inqirozning sababchisi deb atadi va u mamlakatni sharmanda qilayotganini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi 1tv.ru.