“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

    Sport 12 Iyul 2020 1122

    “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirildi. “Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda.

    TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Coca-Cola Superliga 9-turidan o'rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy sayti xabar qilmoqda.

    “Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. SHundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan”, - deyilgan xabarda.

    Qayd etilishicha, “Bunyodkor” bazasi dezinfektsiya qilinadi va jamoa a'zolari tekshiruvdan o'tadi. Hammasi joyida bo'lgan taqdirda, futbolchilar shifokorlar nazorati ostida mashg'ulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

    SHuningdek, “Bunyodkor” bilan 7 iyul` kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan o'tkaziladi. Ta'kidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari o'zini yaxshi his qilmoqda.

    “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14 iyul` kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

    O'zbekistonda koronavirus bilan bog'liq 12 855 ta holat aniqlangan. SHulardan 7723 nafari tuzalib ketgan. Virus qurbonlari soni 59 nafarga etgan.