71 million 365 ming dollar xorijiy investitsiya bunyodkorlik ishlariga

    Mamlakatimizda 24 Fevral 2021 438

    2020-yilda Navoiy viloyatida qurilish materiallari yoʻnalishida 83 ta loyiha amalga oshirildi.

    Natijada qurilish materiallari sanoatida keskin oʻsish kuzatilyapti. Sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy etilyapti, koʻplab loyihalar hayotga tatbiq etilyapti, shu bilan birga yangi quvvatlar ishga tushirilyapti, mavjudlari esa modernizatsiya qilinyapti. Natijada, yangi turdagi sifatli va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilyapti.

    Tahlillarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, 2020-yilda Navoiy viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishida umumiy qiymati 1 trillion 163 milliard 778 million soʻmlik 83 ta loyiha oshirildi va natijada 1 647 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

    Eʼtiborlisi, ushbu bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga 71 million 365 ming dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya yoʻnaltirildi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.