«Korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz yagona kuch boʻlib harakat qilsak, albatta, yanada katta ijobiy samaraga erishamiz.
Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak.
Bugun sizlar bilan birga belgilab olingan barcha vazifalar aynan ana shunday ruhda ishlab, aniq natijaga erishishga qaratilgan.
Sizlar bu haqiqat va talabni chuqur anglab, ularni amalga oshirishda alohida jonbozlik koʻrsatasiz, barchaga namuna boʻlasiz, deb ishonaman«, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev soʻzining yakunida.
Yigʻilishda parlament aʼzolari, turli soha va hududlar vakillarining fikr va takliflari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.