Bugun respublikamizning baʼzi hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin

    Shu yilning 2-avgust kuni Fargʻona vodiysining togʻoldi va togʻli hududlarida va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, bugun kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda baʼzi joylarda 43-44° gacha boʻladi.

    Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysining togʻ oldi va togʻli hududlarida va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° boʻladi.