Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 10 Avgust 2022 7499

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Yangi O‘zbekiston shon-shuhratini butun dunyoga tarannum etish yo‘lida o‘zining yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini yaqqol namoyon etib, Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani va dunyo davlatlarining 188 ta jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy g‘urur, mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

    Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Vaxidov Jahongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

    Yegin Vladimir Nikolayevich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

    Sokolov Ivan - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    Bobomurodova Maftuna Panjiyevna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Malikova Marjona Abdimajid qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Hamdamova Afruza Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Yakubboyeva Nilufar Murodbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev