Bu safargi reytingdan 5 nafar bokschimiz joy oldi:
Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): 8-oʻrin;
Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) oʻtgan oydagidan 5 pogʻona pastlab 7-oʻringa joylashtirildi;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarimengil vazn toifasi - 55,3 kg) bu oy ham 6-oʻrinni egalladi;
Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn toifasi - 66,6 kg) 4 pogʻona yuqorilab, 3-oʻrinni egalladi;
Bektemir Meliqoʻziyev (superoʻrta vazn - 76,2 kg) oʻtgan oydagidan 2 oʻrin koʻtarilib, 7-pogʻonaga joylashdi.