Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati mazkur holat oʻrganib chiqilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tekshiruv davomida tuman hududidagi 37-umumtaʼlim maktabida direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan X.N. tomonidan pedagog xodimlarga ularning lavozim majburiyatlariga kirmaydigan vazifa yuklatilgan.

Yaʼni maktab direktori X.N. imzolagan buyruqqa asosan pedagoglar rasmiy dam olish kunlarida ham, ikki smenada navbatchilik qilishga jalb etilgan. Ayrim oʻqituvchilarning aytishicha, bunga rozi boʻlmaganlar qoʻrqitilgan.

Holat yuzasidan koʻrilgan choralar natijasida, 6-yanvar kuni Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi buyrugʻi bilan 37-maktab direktori vazifasidan ozod etildi.