– Uyimizda doim durdona sanʼat asarlari saqlangan. Oʻzbek klassik kinolaridan bir nechtasini koʻrganman. Oʻzbekistonda animatsion filmlar yaratish bugun qay darajada bilmadimu, ammo yoshlar orasida animatorlikka qiziquvchilar koʻpchilikni tashkil qilar ekan. Oʻzbek yoshlarining ijodim bilan tanish ekanligi, turli savollar berib meni shoshirib qoʻyganligidan xursand boʻldim. Mahorat darslardan soʻng oʻzim ishlagan “Chik-chirik” qisqa animatsion kartinamni tomoshabinlarga taqdim etdim. Bu keng jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilindi.

Kartinada aks etgan voqea buvimning boshidan oʻtkazgan kechmishlaridir. Buvim bolaligimda bobomning urushga ketganini oʻzgacha hayajon bilan soʻzlab berardi. Sogʻinch va hayotning past-balandi haqida hikoya qilardi. Men animatsion filmimda buvim soʻzlab bergan voqealarni aks ettirganman. Ayol sogʻinchini ifodalashga harakat qilganman.  

Festivalda kamchiliklar boʻlmadi, deyolmayman. Keyingi safar bularga yoʻl qoʻyilmaydi, degan umiddaman. Umuman olganda, festival juda baland kayfiyatda, koʻtarinki ruhda tashkillashtirilgan.