Buxoro aeroportida tilla taqinchoqlarni yashirincha olib oʻtish holatlari aniqlandi

    Voqea-hodisalar 14 Iyul 2025 667

    Maʼlumotlarga koʻra, yil boshidan beri bojxona posti tomonidan jami 342 mln soʻm qiymatdagi qimmatbaho metall taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishi bartaraf etilgan.

    Qayd etilishicha, “Buxoro aeroporti“ chegara-bojxona posti xodimlari va Aviatsiya xavfsizligi xodimlari hamkorligida soʻnggi bir necha kun ichida amalga oshirilgan nazorat tadbirlarida 3 marotaba qonuniy meʼyoridan ortiqcha boʻlgan tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kirishga urinish holatlari fosh etildi.

    Ularda umumiy ogʻirligi 120 gr, qiymati esa, 115 mln soʻm boʻlgan zargarlik buyumlari noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.

    Maʼlumot uchun: Jismoniy shaxslarga bojxona qonunchiligiga koʻra, deklaratsiyada qayd etmagan holda va hech qanday bojxona toʻlovlarisiz qiymati 1000 AQSH dollarigacha boʻlgan tovarlarni (bojsiz olib kirish normalariga koʻra) yurtimiz hududiga olib kirishlariga ruxsat etiladi.

    Eslatib oʻtamiz, belgilangan meʼyordan ortiqcha boʻlgan zargarlik buyumlaringizni olib kirishda deklaratsiyani toʻldiring va bojxona qoidalariga rioya qiling. Aks holda meʼyorni buzish bojxona toʻlovlari va maʼmuriy choralarni keltirib chiqarishi mumkin.