Buxoro aralash jang sanʼati turlari boʻyicha Oʻzbekiston kubogiga mezbonlik qiladi

    Sport 23 Sentabr 2020 1445

    25-sentyabrda aralash jang sanʼati turlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasiga start beriladi. Buxoro shahrida boʻlib oʻtadigan musobaqada 16-17 yoshli oʻsmirlar, 18 yosh va undan kattalar alohida kategoriyalarda gʻoliblik uchun kurash olib boradi.

    Musobaqada yurtimizning barcha viloyatlardan oʻsmirlar 10 ta vazn toifasida yoshlar esa 9 ta vazn toifasida jami 200 nafardan ziyod sportchilar oʻz mahoratlarini hakamlar nazoratidan oʻtkazishadi.

    Maʼlumot uchun, shu yilning mart oyida aynan ushbu yoshdagi sportchilar oʻrtasida ilk marotaba tarixiy Mamlakat chempionati tashkil etilgan boʻlsa, pandemiya-karantin holatlari sabab oʻtgan 5 oy davomida oʻsmirlar va yoshlar onlayn tarzda mashgʻulotlar oʻtkazilgan va ushbu mashgʻulotlarni tajribali murabbiylar nazorat qilib borgan. Musobaqada 19 ta oltin, shuncha kumush va 38 ta bronza medallari oʻz egalariga topshiriladi.

    Oʻzbekiston kubogi musobaqasining saralash janglari 25-26-sentyabr kunlari va uning hal qiluvchi uchrashuvlari esa 27-sentyabrga belgilangan, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.