Xongul yoki Buxoro bugʻusi (Cervus elaphus bactrianus) — juft tuyoqlilar turkumining bugʻular oilasiga mansub boʻlgan sut emizuvchi hayvonlarning kenja turi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil roʻyxatiga yoʻq boʻlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur maqomi bilan kiritilgan.
Kuzatuvlarga koʻra, “Qizilqum” davlat qoʻriqxonasida Buxoro bugʻularining soni 224-232 boshni tashkil etadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Buxoro bugʻulari yashash areallari, ularning populyatsiyasi monitoringi olib borilmoqda hamda ushbu noyob turdagi jonzotlarni muhofazasini taʼminlash va yanada koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini maʼlum qilmoqda Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati.