«Ayollarga investitsiya — barqaror o‘sish asosi: xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik imkoniyatlarini kengaytirish» mavzusiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti ham o‘z ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etmoqda.
Forum doirasida institutda ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy yutuqlar, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.
Shuningdek, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur forum xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan orqali ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, xalqaro tajriba almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Hamkorlik materiali