Tadbir davomida talaba-yoshlarga xalqaro grant dasturlari, Janubiy Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari, zamonaviy karera rivoji, ayollar liderligi hamda shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Seminarda KOICA vakillari Myon Da Xe hamda Xo‘jiyeva Sadoqat yoshlar uchun mavjud xalqaro ta’lim imkoniyatlari, grant dasturlari va istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, KOICA grant dasturi sohibi, Yonsey universiteti bitiruvchisi Malikova Iroda o‘zining muvaffaqiyat tarixi, xalqaro ta’lim tajribasi va erishgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi. U ishtirokchilarni katta maqsadlar sari intilish, o‘z ustida muntazam ishlash va bilim olishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan ochiq muloqot va savol-javoblar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar xalqaro ta’lim va karera imkoniyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ta’kidlanishicha, mazkur seminar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi.