Universitetga Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Norov tashrif buyurib, oliygohda amalga oshirilayotgan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Mehmonlar «Energy-Auto-Parking» aqlli avtoturargoh loyihasi, tashkil etilishi rejalashtirilayotgan «Sun’iy intellekt» ilmiy laboratoriyasi hamda istiqbolli innovatsion ishlanmalar taqdimoti bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif doirasida universitet rektori Sadoqat Siddiqova bilan uchrashuv o‘tkazilib, sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Yakunda Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi va Buxoro davlat texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, universitetning IT markazida «Sun’iy intellekt» va «Kiberxavfsizlik» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilari taqdirlandi.

Qayd etilishicha, mazkur uchrashuv sun’iy intellekt sohasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.