Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 14 Iyul 2021 787

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Maʼlum boʻlishicha, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi B.Oʻ. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga boshqa bir fuqaro Sh.orqali 4 000 AQSH dollarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.