Buxoro ichki ishlar boshqarmasidagi qator mulozimlar ishdan olindi

    Buxoro viloyatida oʻtkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga koʻra, xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qoʻllanildi.

    Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Ichki ishlar vaziri general mayor Aziz Tashpulatov tomonidan viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

    Buxoro viloyatida oʻtkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga koʻra, xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qoʻllanildi.

    Jumladan:

    • Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi,
    • viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi boshligʻi,
    • Buxoro shahar IIO FMB boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi,
    • Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi hamda yana bir oʻrinbosari — Tergov boʻlimi boshligʻi,
    • Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    Shuningdek,

    • viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi,
    • Tergov boshqarmasi boshligʻining ikki nafar oʻrinbosari,
    • viloyat IIB Kotibiyat boshligʻi,
    • Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi,
    • Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qoʻllanildi.

    Yigʻilishda mutasaddilarning hisobotlari hamda takliflari tinglandi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, viloyat IIB hamda tuman-shahar ichki ishlar boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash hamda yechimini kutayotgan boshqa masalalar yuzasidan istiqbolli vazifalar rejalashtirildi.