Temir yoʻl sohasida raqamlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish hisobiga yuk tashish muddatlari 40 foizga qisqardi.
Muhimi, stansiyalarda yuklarni toʻlovsiz tushirish vaqti 2 soatdan 3 kunga uzaygani uchun tadbirkorlar yiliga 57 milliard soʻm tejayapti.
Aviatsiya sohasida ham xususiy sektorning roli oshib bormoqda. Bugungi kunda xususiy aviakompaniyalar soni 14 taga yetdi. Qoʻshimcha 6 ta yuk va 16 ta yoʻlovchi havo kemasi olib kelindi.
Buxoro, Namangan aeroportlari xususiy boshqaruvga berildi, Andijon va Urganch aeroportlari boʻyicha tender davom etayapti.