Buxoro neftni qayta ishlash zavodida investitsiya loyihalar tufayli yuqori natijalarga erishilyapti

    Sanoat 20 Iyun 2022 3162

    Yiliga 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997-yil 22-avgustda foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda yirik investitsiya loyihalarini jalb etish orqali ushbu zavodni rivojlantirish boʻyicha maqsadli ishlar olib borilyapti.

    Yuqori oktanli benzin (AI-80, AI-91, AI-92, AI-95, AI-98), dizel yoqilgʻisi (EKO, Yevro-4, 5), aviakerosin (Djet A-1), mazut, suyultirilgan gaz, oltingugurt, pirolizli gazolin, uglevodorod eritkichi kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

    Zavodga xom ashyolarni yetkazib berish quvur va temir yoʻllari orqali loyihalashtirilgan. Yangi konlarni oʻzlashtirilishi va ushbu konlardan temir yoʻl va quvurlar orqali yetkazib berish imkoniyati yoʻqligi sababli hozirgi kunda qazib olingan xom ashyolar avtotsisternalarda yetkazib berilyapti.

    Zavodda quyidagi texnologik qurilmalar mavjud:

    - “Atmosfera bosimi ostida neft va gazkondensatni haydash” (AT) texnologik qurilmasi yillik qayta ishlash quvvati 2 500 ming tonna;

    - “Neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish” (ELOU 1, 2) texnologik qurilmasi yillik qayta ishlash quvvati 1 500 ming tonna;

    - “Umumiy naftani vodorod yordamida tozalash” (GOB) texnologik qurilmasi yillik qayta ishlash quvvati 771 ming tonna;

    - “Gazoylni vodorod yordamida tozalash” (GODT) texnologik qurilmasi yillik qayta ishlash quvvati 861 ming tonna;

    - “Katalitik riforming” (CCR) texnologik qurilmasi yillik qayta ishlash quvvati 532,8 ming tonna;

    - “Kerosinni demerkaptanlash” texnologik qurilmasi yillik qayta ishlash quvvati 300 ming tonna;

    Bundan tashqari “Gazlarni amin yordamida tozalash, “Nordon suvlarni bugʻlatish”, “Oltingugurt olish” “Suyultirilgan gazlarni fraksiyalarga ajratish” kabi texnologik qurilmalar mavjud.

    Zavodda 641 ming tonna avtobenzin (AI-80, AI-91, AI-92, AI-95, AI-98), 1 026,6 ming tonna dizel yonilgʻisi (EKO, Yevro-4, 5), 300 ming tonna aviakerosin (Djet A-1, uglevodorod eritkichi), 480 ming tonna mazut (M-40, M-100) hamda boshqa turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

    Zamonaviy ilgʻor innovatsion texnologiyalar, yuqori samarali uskunalar, yangi materiallar, shu jumladan yangi katalizatorlar, eskirgan uskunalarni almashtirish orqali 2021-yilda bu yerda qayta ishlash va ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

    2022-yilda respublika isteʼmolchilarining jami 835,2 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan respublikada ilk bor “Yevro-4, -5” rusumidagi dizel yonilgʻisini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari shu vaqt oraligʻida “QuWatt” brendi ostida sifati yaxshilangan “AI-95” rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarilishi oʻzlashtirildi.