Oʻrganish davomida, zavodning qoʻriqlanishi, perimetrlar va nazorat oʻtkazish joylarining texnik qoʻriqlash va kuzatuv vositalari bilan taʼminlanganligi, hujjatlar tartibi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar nazoratdan oʻtkazildi. Shuningdek, fuqaro muhofazasi borasida amalga oshirishgan ishlar, xususan, ishchi-xizmatchilarni muhofazalash obyektlari va ularni himoyalashdagi ishlar ahvoli oʻrganib chiqildi.

“Buxoro NQIZ” MCHJ qoʻriqlash va mudofaa ishlarining yoʻlga qoʻyilganligi, muhofazaga oid zarur asbob-anjomlar, maxsus kiyim-kechaklar bilan taʼminlanganligi, tegishli nizom, reja va boshqa normativ hujjatlarningviloyat FVB bilan kelishilganligi maʼlum boʻldi.

Xodimlarning favqulodda holatlarga shayligini sinovdan oʻtkazish maqsadida qoʻriqlash xizmati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibida “Yigʻin” signali boʻyicha tekshiruv mashqi oʻtkazildi.

Mazkur signal boʻyicha qoʻriqlash xizmati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining 80 foiz aʼzolari 30 daqiqa oraligʻida belgilangan hududga yetib kelishdi va shartli ravishda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatni bartaraf etishdi.

Zavodda xavfsizlik, qoʻriqlash va mudofaa qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi qonunchilik talablari asosida yoʻlga qoʻyilganligi sabab tayyorgarlik darajasi “TAYYOR” deb baholandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati